IIBda yoshlar uchun «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi
Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi boshlig‘i kapitan X.Jo‘raev tashabbusi bilan 3-sektor hududidagi otaliqqa olingan yoshlar va maktab o‘quvchilari uchun tuman IIB binosida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi.
O‘g‘il-qizlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash,
nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirni
tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari, podpolkovnik Shavkat Mavlonov ochib berdi.
Shu kuni yoshlarga IIB faoliyati, yo‘nalishlari, maxsus vositalar,
moddiy-texnik bazasi hamda «Vatanparvarlik burchagi» to‘g‘risida tushuntirishlar
berildi.
Ishtirokchilar
xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotlarga ham ega bo‘lishdi.
Tadbir davomida
o‘quvchilar huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fosh etish, tergov-surishtiruv,
ekspert kriminalistika, xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar
haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Shuningdek,
o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan javoblar olishdi.
Tadbir davomida
yoshlarga IIB xodimlariga biriktirilgan maxsus vositalar va jangovor qurollar namoyish
qilinib, ularning xususiyatlari to‘g‘risida batafsil axborot berildi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati