8 Sentyabr 2025 yil
513
Buvayda tumani IIBda uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi
Ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, boy amaliy tajriba to‘plagan faxriylar tajribasini yoshlarga yetkazish va shu orqali ularni vatanga muhabbat va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Buvayda tumani IIBda uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda viloyat IIB Faxriylar kengashi a’zolari, tuman IIB Faxriylar kengashi raisi va a’ozlari ishtirok etib, yoshlarga o‘z maslahatlarini berdilar.
"Ustoz-shogird" an’anasi asosida tashkil etilgan bu kabi tadbirlar shaxsiy tarkibning kasbiy mahoratini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati