26 Aprel 2025 yil 627

Farg‘ona tumani IIB JXX Probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslar uchun sayyor sud bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona tumani IIB, sud, prokuratura hamkorligida sayyor sud  yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Sayyor sudda Probatsiya guruhi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumani sudiga 12 nafar shaxsga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi, ulardan 3 nafari jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab yurganligi sababli jazosi qamoq jazosiga almashtirildi. Aksincha munosib xulq atvorda, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 9 nafar shaxslar esa muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech