3 Noyabr 2023 yil 1231

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida seminar o‘tkazildi  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari I.Muslimovning raisligidaga seminarda viloyat prokuraturasi, viloyat IIB, viloyat iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, majburiy ijro byurosi, Advokatlar palatasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari qatnashdi.

Seminarning  asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud raisining 2023 yil 6 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi "Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 2023 yil 27 sentyabrdagi O‘RQ-869-son Qonunining ijrosini ijrochilariga yetkazilishi hamda mohiyati va ahamiyatini aholiga batafsil yetkazishga qaratildi.

Oliy sudi raisining o‘rinbosari I.Muslimov tomonidan qonunni mustahkamlashda va aholiga mohiyatini batafsil yetkazish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kerakli vazifa va topshiriqlar berildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech