22 Oktyabr 2025 yil 492

Huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish yuzasidan hududlarda xodimlarga ko‘maklashilmoqda

Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi rahbariyati hamda mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Uchko‘prik tumanida jinoyatlarni barvaqt oldini olishda vazirlik va boshqarma boshlig‘i tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

Hududda IIB rahbariyati va xodimlari tomonidan jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi tegishli qarorlar, vazirlik va viloyat  ko‘rsatmalari ijrosi yuzasidan hamkorlikda kompleks profilaktik ishlar amalga oshirilgan.

Ishchi guruh aniqlangan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan xodimlarga yo‘riqnoma berdi.

O‘rganishlar viloyatning barcha hududlarida o‘tkaziladi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech