«Havfsiz oila» va «Kibermadaniyatni yuksaltirish» profilaktika oyligi doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Uchko‘prik tumanida «Havfsiz oila» hamda «Kibermadaniyatni
yuksaltirish» profilaktika oyligi doirasida tuman hududidagi mahallalarda faoliyat
yuritayotgan xotin-qizlar faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida so‘nggi 10 oy mobaynida xotin-qizlar o‘rtasida
sodir etilgan jinoyatlar holati muhokama qilindi. Uchrashuvda tuman IIBning xotin-qizlar
masalalari bo‘yicha katta inspektori hamda mas’ul shaxslar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida oila-turmush doirasidagi
nizoli vaziyatlarni tinch yo‘l bilan hal etish, ayollar jinoyatchiligining jamiyat
rivojiga salbiy ta’siri, erta turmush va erta nikohning oqibatlari, voyaga yetmaganlar
o‘rtasida kuzatilayotgan salbiy holatlarning oldini olish, shuningdek, o‘g‘irlik
va firibgarlikning qurboni bo‘lmaslik uchun amalga oshiriladigan choralar haqida
tushunchalar berildi.
Shuningdek, Qo‘qon davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025 yil 3 noyabrdagi PF–207-sonli
“Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkotik jinoyatlardan
samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni
ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahar IIB JXX HPB profilaktika katta inspektori
mayor S. Yuldashov hamda xotin-qizlar
masalalari bo‘yicha katta inspektor tomonidan keng qamrovli profilaktik suhbat tashkil
etildi.
Oltiariq tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori
tomonidan tuman hududidagi mahallalarda toifa hisobida turuvchi, nizoli, noqonuniy
nikoh asosida yashovchi, himoya orderi rasmiylashtirilgan, o‘zaro sudlarda nizolashayotgan
hamda oila-turmush doirasida jabr ko‘rib, 102 qisqa raqamiga murojaat qilgan oilalarning
yashash xonadonlariga borilib, yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, Marg‘ilon shahridagi “Abu Ali Ibn Sino” nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumida IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori mutasaddilar
bilan hamkorlikda jinoyatchilikning oldini olish, erta turmushga chiqish, odob-ahloq
va ma’naviy qadriyatlar mavzusida yoshlar bilan suhbat tashkil etdi.
Targ‘ibot
tadbirlari joylarda izchil ravishda davom etmoqda.