20 Fevral 2024 yil 1863

HURMATLI YURTDOSHLAR!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 31-avgust kuni “Shahidlar xotirasi” xiyobonida berilgan konseptual fikrlar va topshiriqlar ijrosini ta’minlash, nohaq qatag‘onga uchragan ichki ishlar organlari xodimlarining nomlarini tiklash va yosh avlodga yetkazish orqali Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada yuksaltirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan sobiq sovet ittifoqi tuzumi davrida ichki ishlar organlarida xizmat qilgan va nohaq qatag‘onga uchragan xodimlar nomini abadiylashtirish va ular haqida kitoblar hamda hujjatli filmlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.


        Shu sababli siz va yaqin qarindoshlaringiz orasida sobiq sovet ittifoqi tuzumi davrida, ya’ni, 1937-1938 yillar, 1940-1950 yillar hamda 1980 yillar o‘rtalarida nohaq qatag‘on qilingan ichki ishlar organlarida xizmat qilganlar mavjud bo‘lsa, ular haqidagi aniq ma’lumotlarni Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan ishchi guruhiga taqdim qilishingiz so‘raladi.  

 

Murojaat uchun telefon: 73 244-15-56

 

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

va kadrlar bilan ta’minlash xizmati

 

 

 

Text to speech