19 Dekabr 2023 yil 2211

General-mayor Azizbek Ikramov boshchiligida Oltiariq tumanida fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

Joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar fuqarolarning uzog‘ini yaqin qilib, muammolarini tizimli hal qilishga zamin yaratmoqda. Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov hamda boshqarma rahbariyati tomonidan Oltiariq tumanida ana shunday tadbirlar tashkil qilindi. 

General-mayor A.I.Ikramov raisligida o‘tkazilayotgan sayyor qabulda jami 46 nafar fuqarolar 46 ta turli masalalar bo‘yicha murojaat qildi, shundan 10 ta pishiriq pechi, 14 ta tikuv mashinasi, 1 ta motokultivator, 2 ta imtiyozli kredit, 2 ta muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, Ichki ishlar organlai faoliyati bilan bog‘liq 6 ta, 6 ta moddiy yordam, 2 ta uy-joy, IIOga kirish va tiklash masalasida 2 ta, 1 ta beton tayanch o‘rnatish bo‘yicha murojaat kelib tushdi.   

Sayyor qabul davomida 24 ta murojaatlar joyida hal etildi. 22 ta murojaatlara vaqt talab qilganligi sababli tegishli mas’ullarga muddat berilib topshiriqlar yuklatildi.

Sayyor qabullar joylarda tizimli tartibda davom ettirilmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech