1 Mart 2024 yil 18281

General-mayor Azizbek Ikramov Quvasoy shahrida sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi

Sayyor qabullar chin ma’noda fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘tamoqda. Ularning ijtimoiy va huquqiy jihatdan qo‘llab quvvatlashga xizmat qilyapti.

Viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov ishtirokidagi qabulda jami 25 nafar fuqarolar 28 ta turli masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi. 

Sayyor qabul davomida bandlik, subsidiya olish, tibbiy anjomlar va boshqa sohadagi 10 ta murojaat joyida hal etildi. 1 ta holatda huquqiy tushuntirish berildi. 17 ta murojaatlarni hal qilish vaqt talab qilganligi sababli ijrosi yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech