8 May 2024 yil 9160

General-mayor Azizbek Ikramov Qo‘qon shahrida sayyor qabul o‘tkazdi

Ma’lumki, muntazam o‘tkazib borilayotgan sayyor qabullar aholi muammolarini joyida o‘rganish va hal qilishda yaxshi samara bermoqda.

Viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov bugun Qo‘qon shahridagi Temiryo‘lchilar San’at saroyida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda, jami 19 nafar fuqarolar 21 ta masala bo‘yicha murojaat qilishdi

Jumladan, IIOlariga ishga kirish istagida, fuqarolik pasporti olish masalasida, davolanish va boshqa masalalarda murojaatlar bo‘ldi.

Shundan 8 ta masala joyida ijobiy hal etildi. 13 ta murojaatlar nazoratga olinib ijrosi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech