29 Aprel 2025 yil 277

Furqat tumanida tungi profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda

Tezkor-kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘yicha tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarni faoliyatini o‘rganish maqsadida tuman IIB boshlig‘i hamda tuman prokurori bilan birga “Tungi guruh” ish faoliyatini tekshirib, tungi xizmatdagi xodimlarni xizmatini o‘rganib, ularga qo‘shimcha yo‘riqnomalar berildi.

Probatsiya hisobida turgan 8 nafar shaxslarni, o‘rnatilgan cheklovlarga rioya etish holatlari tekshirilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Tadbir davomida jami 35 ta ob’ektlar ya’ni 15 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalari va ko‘ngilochar joylar, 14 ta ta’lim muassasalari, 6 ta korxona, tashkilot va muassasalardagi tungi navbatchilik ahvoli tekshirildi.

Tungi vaqtlarda bemaqsad yurgan 64 nafar shaxslar aniqlanib, ularning shaxsiga aniqlik kiritildi.

Fuqarolarning qarovsiz qoldirilgan mulklarini muhofazaga olish bo‘yicha ishlar olib borildi.

Fuqarolarga nisbatan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun 16 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech