30 Oktyabr 2025 yil 302

Furqat tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish hamda ularning ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini ta’minlash maqsadida Furqat tumani IIB boshlig‘i tomonidan Kichik Yangi mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolardan turli masalalar bo‘yicha jami 5 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 4 tasi joyidayoq ijobiy hal etildi, qolgan 1 ta murojaat bo‘yicha esa kompleks o‘rganish talab etilgani sababli uning ijrosini nazoratga olish va yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimlarga alohida vazifalar yuklatildi.

Bunday sayyor qabullar aholining muammolarini joyiga chiqib hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash va ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech