6 Avgust 2024 yil 1913

Furqat tumani hududida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda

Tungi xizmatga biriktirilgan profilaktika (katta) inspektorlariga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilib xizmatga jalb qilindi.

Probatsiya hisobida  turgan   5 nafar shaxslarni, o‘rnatilgan cheklovlarga rioya etish holatlari tekshirilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Tadbir davomida jami 28 ta ob’ektlar ya’ni, 10 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalari va ko‘ngilochar joylar, 5 ta ta’lim muassasalari, 2 ta korxona, tashkilot va muassasalardagi tungi navbatchilik ahvoli tekshirildi. 

Tungi guruhga jalb etilgan xodimlar tomonidan tungi vaqtlarda bemaqsad yurgan 75 nafar shaxslar aniqlanib, ularning shaxsiga aniqlik kiritildi. Tungi vaqtda fuqarolarning qarovsiz qoldirilgan mulklarini muhofazaga olish, ularni ogohlantirish bo‘yicha ishlar olib borildi.Jamoat joylarida spirtli ichimlik iste’mol qilgan fuqarolarga nisbatan MJtKning 187-moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech