21 Fevral 2024 yil 2411

Furqat tumanida tungi profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

Furqat tumani hududida tungi vaqtda tezkor-kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.

Unda probatsiya hisobida turgan shaxslar cheklovlarga rioya etish holatlari tekshirildi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, tadbir davomida jami 35 ta ob’ektlar ya’ni, 11 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalari va ko‘ngilochar joylar, 8 ta ta’lim muassasalari, 4 ta korxona, tashkilot va muassasalardagi tungi navbatchilik ahvoli tekshirildi. 

Tadbirga jalb etilgan xodimlar tomonidan tungi vaqtlarda bemaqsad yurgan 68 nafar shaxslar aniqlanib, ular bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.

Tungi vaqtda fuqarolarning qarovsiz qoldirilgan mulklarini muhofazaga olish, ularni ogohlantirish bo‘yicha ishlar olib orildi.

Bundan tashqari, maktablarda tungi vaqtda navbatchilik olib borayotgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, ular xushyorlikka chaqirildi.

Tungi vaqtda spirtli ichimlik quyib sotishga ruxsatnomasi bo‘lmagan jamoat joylarida spirtli ichimlik iste’mol qilgan fuqarolarga nisbatan MJtKning 187-moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.


Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

  

 

 

 

 

Text to speech