Furqat tumanida ichki ishlar organlari faxriylari va yosh xodimlar ishtirokida uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi
Farg‘ona viloyati ichki ishlar organlarida xizmat
qilayotgan yosh xodimlarni Vatanga muhabbat va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalashda
“ustoz-shogird” an’anasidan samarali foydalanilmoqda. Bu
borada viloyat ichki ishlar boshqarmasi Faxriylar kengashi a’zolarining tajribalari
juda qo‘l kelyapti.
Joylarda uch avlod uchrashuvlarini tashkil etish orqali
ustozlarning boy amaliy tajribasi yoshlar ongiga chuqur singdirilmoqda.
Yosh profilaktika inspektorlariga esa shu sohada boy
amaliy tajribaga ega faxriylar murabbiy sifatida biriktirilyapti.
Masalan, Furqat tumani IIB shaxsiy tarkibi, iste’fodagi
faxriylar hamda Farg‘ona viloyati IIB rahbariyati ishtirokida tashkil etilgan uch
avlod uchrashuvi ham ana shu ezgu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar
o‘rtasida vatanparvarlik va kasbga sadoqat hissini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida
qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlash hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy
bilimlarini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda ustozlar so‘zga chiqib, yosh
xodimlarga o‘z mas’halat va tavsiyalarini berdilar.
Shu
kuni 5 nafar yangi ish boshlagan inspektorlarga iste’fodagi faxriylardan murabbiylar
biriktildi.
Shuningdek,
joriy yilning ikkinchi chorak yakuni bo‘yicha xizmat faoliyatida yuqori natijalarga
erishgan 21 nafar profilaktika inspektorlari pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
“Ustoz-shogird”
ana’anasi asosida yo‘lga qo‘yilgan ushbu tajriba Furqat
tumani mahallalarida ham yaxshi samara bermoqda.
Yoshlarga
murabbiy sifatida biriktirilgan faxriylar bevosita mahallalar yettiligi bilan hamkorlikda
ish olib borib, “xonadonbay” o‘rganishlarda ishtirok etishyapti.
Bir
so‘z bilan aytganda, jinoyatchilikni jilovlashda yosh inspektorlarga yaqindan yordam
bermoqdalar.
Bu
ezgu tashabbus yurtimizni yanada farovon, tinch va osoyishta bo‘lishiga xizmat qiladi.
Farg‘ona
viloyati IIB Axborot xizmati