11 Fevral 2020 yil 775

Fuqaro oʼz avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish uchun inpektorga pora taklif qilgan...

Voqea joriy yilning 10 fevralь kuni sodir boʼlgan. Fargʼona viloyati IIB Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʼl-patrulь xizmati inspektori Ukoʼprik tumani, Mullazor MFY, hududida belgilangan dislokatsiya asosida xizmat olib borayotgan vaqtida Bagʼdod tumani Chuvrindi qishlogʼilik 54 yoshli fuqaro “Neksiya” rusumli transport vositasini hech qanday hujjatlarsiz, davlat standartlariga toʼgʼri kelmaydigan gaz balloni oʼrnatib olgan holatda boshqarib kelayotganligi maʼlum boʼlgan. Holat yuzasidan inspektor tomonidan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashina jarima maydoniga joylashtirgan. Biroq, haydovchi M.А yoʼl-patrulь xizmati inspektorga, qonuniy chora koʼrmaslik va avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib yuborish evaziga 500.000 soʼm miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qiladi.
Yoʼl-patrulь xizmati inspektorining bildirgisi asosida, 2020 Oʼzbekiston Respublikasi IIV OʼXB Fargʼona viloyati boʼyicha boʼlimi, viloyat IIB JQB hamda IJQKD Uchkoʼprik tumani boʼlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro M.А jarima maydoni oldida inspektorga 500.000 soʼm miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʼlga olingan. 
Mazkur holat yuzasidan IJQKD Fargʼona viloyati Uchkuprik tumani boʼlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

                                                                      Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech