12 Fevral 2020 yil 911

Fuqarodan tovlamachilik yoʼli bilan 150000 АQSh dollari talab qilgan shahs qoʼlga tushdi.

Joriy yilning 31 yanvar kuni, Margʼilon shahrida yashovchi, 34 yoshli А.А. Fargʼona viloyati IIB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs oʼziga tegishli boʼlgan telefon raqamiga ochilgan “Telegramm” ijtimoiy tarmogʼidagi shaxsiy video tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib yuborish bilan qoʼrqitib, undan 150 000 АQSh dollarini talab qilayotganligini maʼlum qilgan.
03 fevral kuni, Fargʼona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, Fargʼona shaharda yashovchi, 31 yoshli fuqaro Q.Sh. arizachi А.Аdan Qoʼqon shahar Turkiston koʼchasida joylashgan savdo doʼkoni yonida, 20 000 АQSh dollarini olgan vaqtida, daliliy ashyo bilan ushlangan.
Hozirda, Fargʼona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Q.Sh.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


                                                                                 Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech