Favqulodda holatlarni bartaraf etgandan ko‘ra, oldini olish osonroq...
Tabiiyki ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i hamda isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi.
«Yong‘in xavfsizligi oyligi» doirasida O‘zbekiston
Respublikasi IIV huzuridagi JIED Ikkinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tashabbusi
bilan Farg‘ona shahrida joylashgan Ikkinchi mintaqaviy hudud, 10-son tergov hibsxonasida
xizmat qilayotgan xodimlarning favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanishlarini
shakllantirish maqsadida, viloyat IIB, FVB va SSBlarining tajribali mutaxassis xodimlarini
jalb etgan holda, «Is gazidan zaharlanish - alomatlari, birinchi yordam, davolash
va oldini olish» mavzusida o‘quv seminar tashkillashtirildi.
Unda, «Is gazidan
zaharlanish - alomatlari, birinchi yordam, davolash va oldini olish», tabiiy va
texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir etilganda ularning
oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yig‘ilganlarga tushunchalar berib o‘tdi.
Seminar yakunida,
hibsxona saf maydonida hibsxona xodimlariga qutqaruv maxsus avtomashinasi hamda
qutqaruv asbob-uskunalari tanishtirildi.
Sodir etilishi
mumkin bo‘lgan yong‘in, chaqnash va is gazidan zaharlanish hamda boshqa favqulodda
vaziyatlarni oldini olish yuzasidan yo‘riqnomalar berildi.
Bu borada ishlar
Markaz tasarrufidagi muassasalarda ham davom ettirilmoqda.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati