8 Aprel 2025 yil 1441

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, JXX rahbari, podpolkovnik Farrux Usarov So‘x tumanda o‘rganishlar olib bordi

O‘rganish jarayonida profilaktika inspektorlarining ish faoliyati va ularga yaratib berilgan shart- sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, “Hushyor” MFY profilaktika katta inspektorining xizmat xonasiga borib, Davlatimiz rahbarining 1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha tahlil o‘tkazildi, hududlarni kameralashtirish holati o‘rganildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

“Sarikanda” MFY profilaktika inspektori, leytenant Doston Hakimovning faoliyatini ko‘zdan kechirish jarayonida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramovning 39-sonli farmoyishi mazmun- mohiyati va farmoyish doirasida amalga oshiriladigan ishlarga e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, JXX rahbari So‘xda joylashgan TVBSO ga borib, xodimlar bilan suhbat o‘tkazdi.  Xizmat sifati va jangovar shaylikni oshirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech