24 Fevral 2020 yil 619

Fargʼona viloyatida oʼtkazilgan «Mehr» tadbiri davomiida 7392 ta sodir etilgan kichik qoidabuzarliklar uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilmadi.

Joriy yilning 14 fevral kunidan 21 fevral kuniga qadar oʼtkazilgan «Mehr» tadbirida harakat ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirishga yanada yuksaltirishni maqsad qilgan bir haftalik tadbirlar davomida viloyat hududidagi avtotransport vositalari harakati serqatnov boʼlgan avtomobilь yoʼllari va koʼchalar yoqalarida joylashgan taʼlim muassalarida harakat xavfsizligini taʼminlash ishlari olib borildi. Yoʼl harakati qoidalarini targʼib etuvchi mashgʼulotlar, uchrashuv va davra suhbatlari oʼtkazildi.
Fuqarolarning oʼzini-oʼzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda yoʼl-transport hodisalari eng koʼp sodir etilayotgan 64 ta qishloq va mahallalarda aholi oʼrtasida yoʼl-transport hodisalari bilan bogʼliq huquqbuzarlik va jinoyatlar tanqidiy muhokama qilindi.
Tadbir davomida yoʼl-transport hodisalari oqibatida jabrlangan 41 nafar fuqarolar holidan xabar olindi. «Mehribonlik uyi»dagi tarbiyalanuvchilar bilan ham suhbatlar oʼtkazilib, sovgʼalar tarqatildi.
Yoʼlovchi tashuvchi uyushmalar, avtoshohbekatlar, bozorlar, jamoat koʼp toʼplanadigan joylarda haydovchilar bilan xavfsiz va namunali xizmat koʼrsatish, yoʼl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilish yuzasidan profilaktik suhbatlar oʼtkazildi.
Yoʼl harakati qoidalarini qoʼpol va surunkali ravishda buzib kelayotgan haydovchilarga nisbatan profilaktik taʼsir choralari koʼrish maqsadida maʼmuriy sud idoralari bilan hamkorlikda 14 ta sayyor sud muhokamalari oʼtkazildi.4 marotaba “Targʼibot avtokarvoni” oʼtkazilib, yoʼl-transport hodisalari natijasida texnik shikastlangan avtomobillar namoyish qilindi.
Piyodalar, velosipedchi va haydovchilar tomonidan 7392 ta sodir etilgan kichik qoidabuzarliklar (yoʼl belgi va chiziqlariga amal qilmaslik, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik va shu kabilar) uchun bayonnoma rasmiylashtirilmay, ularga ushbu qoidabuzarliklar natijasida kelib chiqishi mumkin boʼlgan mudhish hodisalarning ogʼir oqibatlari toʼgʼrisida ogohlantirildi.
Tadbirning mazmun mohiyatini aholiga yetkazish, shuningdek, yoʼl harakati qoidalarini targʼib qilish maqsadida harakat ishtirokchilariga 30 ming dona bukletlar tarqatildi.


Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech