6 Fevral 2020 yil 1548

Fargʼona viloyati avtomobilь yoʼllaridagi yangiliklar: Multiradarlar bilan jihozlangan xizmat avtomashinalari harakati yoʼlga qoʼyildi.

Bunday avtoulovlardan foydalanish avtomobilь yoʼllarida huquqbuzarliklarning oldini olishda ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Chunki ushbu avtomashinalarga oʼrnatilgan radarlar statsionar rejim vp yoʼllarda harakatlanish vaqtida ham ishlashga moʼljallangan.
Moslama 1 dan 6 tagacha harakat boʼlagiga ega boʼlgan avtomobilь yoʼllarida, qarama-qarshi yoʼlanishning harakat boʼlaklaridagi qatnovning meʼyordan yuqori tezlikda harakatlanayotgan qoidabuzarlikni avtomatik ravishda qayd etish imkoniyatga ega. Bundan tashqari, multiradarlar yengil va yuk avtomashinalari uchun alohida belgilangan harakat tezligini aniqlaydi. Majmuani avtomatik yoki qoʼlda ishlatish mumkin.
Shuningdek ushbu radarlardan foydalanishning bir nechta jihatlarini taqdim etish mumkin:
- avtoulovning old oynasiga oʼrnatilgan radar, nafaqat yoʼllarda harakatlanish vaqtida, balki toʼxtab turgan holatda ham qoidabuzarlikni qayd etish imkoniyatini beradi;
- avtomashinadagi radar yukxona qopqogʼiga oʼrnatilgan oyna orqali statsionar tarzda qoidabuzarlikni aniqlash imkonini beradi.
Аyni vaqtda Fargʼona viloyati IIBga shunday radarlar bilan jihozlangan ikki dona maxsus avtomashina keltirilgan boʼlib, ushbu haftada yana 3 ta shunday radarlar oʼrnatilgan transport vositalari olib kelinishi kutilmoqda. Ular esa yoʼl-harakati qoidalarini buzilishini oldini olishga xizmat qiladi.

                                                                  Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech