Fargʼona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga zamon talablariga mos avtomashinalar topshirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV tomonidan Ichki ishlar boshqarmasi yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga xizmatda foydalanish uchun 9 ta maxsus avtopatrulь uchun toʼliq jihozlangan yengil avtomashinalar hamda 5 ta Germaniyaning «ATLAS International AG» kompaniyasi tomonidan jihozlangan “Neksiya 3” avtomobillari topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi Shuhrat Gʼaniev hamda Fargʼona viloyati IIB boshligʼi Doniyor Toshxadjaev ishtirok etib, yoʼl patrulь xodimlariga haydovchilar xavfsizligini taʼminlash, yoʼl transporti bilan sodir boʼladigan har qanday qonun buzilish holatlarining oldini olishdek masʼuliyatli ishda doimo hushyor va ogoh boʼlishga chaqirdilar.
Bu xizmat mashinalari toʼliq aloqa vositalari , birinchi tibbiy yordam koʼrsatish uchun zarur dori-darmon vositalari va tibbiy uskunalar, favqulotda holatlarda temirni kesish uchun qaychi, lom, yoritgich, yoʼl transport hodisasi roʼy berganda hududni chegaralovchi maxsus belgilar, bundan tashqari inspektorga issiq ovqat va choy uchun termozlar bilan taʼminlangan.
Аsosan koʼngilsiz holatlarning 80 foizi tezlikni oshirish oqibatida sodir boʼladi. Viloyatimizga avtokon radari, statsionar radar moslamalari olib kelib oʼrnatilganligi haydovchilarni qoidaga rioya etishlarini nazorat qilishda qulaylik yaratadi.
Haydovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda YTHlarning oldini olish maqsadida fotoradarlar va barcha shart-sharoitlar bilan jihozlangan yangi avtomashinalar viloyatimiz koʼchalari boʼylab harakatlanishga tushdi.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati