28 Avgust 2024 yil
1139
Farg‘ona viloyati IIB rahbariyati ishtirokida O‘zbekiston tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Xalq bilan muloqot qilish, ularning muammolarni “mahallabay” hal etish maqsadida O‘zbekiston tumani Qaynarbuloq saylgohida viloyat hududida yashovchi fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
O‘tkazilgan qabulda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Elyorbek G‘aniyev ishtirok etib, fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq 22 ta murojaatlarini atroflicha ko‘rib chiqdi.
Murojaatlarning 9 tasi joyida ijobiy yechim topdi, 5 tasi yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi. Ko‘rib chiqish muddat talab etadigan 8 ta murojaatning ijrosi masʼul xodimlar tomonidan nazoratga olindi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati