7 Fevral 2020 yil 509

Fargʼona viloyati IIB da “Harakatdagi ijtimoiy yordam koʼrsatish markazi” tashkil etildi.

Zamonaviy “Gazelь” rusumli mikroavtobus tarkibida barpo etilgan markazda psixolog, tarbiyaviy ishlar boʼyicha inspektor, shifokor faoliyat yuritishi mumkin. Barcha imkoniyatlarga ega texnika vositalari konditsioner, aloqa vositalari, yigʼma stol, kompьyuter shuningdek, turli koʼrinishdagi psixologik illyuziyalar bilan jihozlangan.Bundan tashqari, massaj oʼrindigʼi ham mavjud.

Markaz favqulotda holatlarda psixologik va ijtimoiy yordam koʼrsatishga moʼljallangan boʼlib, bu esa xizmat paytida xodimlarning faol ruhiy holatda boʼlishini taʼminlaydi. Ular bilan bogʼliq har qanday koʼngilsiz holatlarni tez va samarali bartaraf etishga yordam beradi.

Fargʼona viloyatiga tashrif buyurgan Prezident administratsiyasi va Ichki ishlar vazirligidan iborat ishchi guruh mazkur markaz faoliyati bilan tanishib, unga ijobiy baho berdilar.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech