Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Farruh Usarov So‘x tumanida “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari va Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlarini o‘rgandi
Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati rahbari, podpolkovnik Farruh Usarov So‘x tumanida bo‘ldi.
Dastlab tuman
markazida joylashgan bozorlar va aholiga xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlar o‘rganilib,
fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi.
O‘rganish davomida
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar vakillari bilan bayram
tadbirlarini tinch va osoyishta o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida kuch vositalarni
to‘g‘ri taqsimlash hamda hamkorlikda ishlarni amalga oshirish borasida zarur topshiriqlar
berildi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari “Hushyor”
mahalla fuqarolari yig‘iniga tashrif buyurib, profilaktika inspektori va mahalla
faollari bilan yaqindan tanishdi, “xonadonbay” usulida o‘rganishlar olib bordi.
So‘x tumani
ichki ishlar bo‘limi, PPX va JTSB vaqtincha saqlash hibsxonasi hamda Tezkor vazifalarni
bajaruvchi safarbarlik otryadi binolari, ushbu maskanlarda xodimlarga yaratilgan
sharoitlar, moddiy-texnik ta’minot, xavfsizlik choralari ta’minlanganligi va xizmat
jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
“Xavfsiz hudud – dolzarb 40 kunligi” maxsus profilaktik
tadbirlari yuzasidan So‘x tumani markazida
tungi yo‘riqnoma ham o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati