19 Sentyabr 2023 yil 7141

Fargʻona viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov hududlarda tungi xizmat jarayoni va jinoyatchilikni jilovlash borasidagi ishlarni bevosita joyiga chiqib oʻrganmoqda

Joriy yilning 17-sentabr kunidan 18-sentabr kuniga oʻtar kechasi Fargʻona viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov Fargʻona, Margʻilon, Quvasoy shaharlari hamda Toshloq tumanida tungi xizmat jarayoni va jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni bevosita joyida oʻrgandi.  Xususan, Fargʻona shahar hududida oʻtkazilayotgan “TUN” tadbirida ishtirok etgan boshqarma boshligʻi kuch vositalarning yoʻnaltirilganligi, patrullik yoʻnalishlarida ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlarining hamkorligi, shuningdek, narkologiya boʻlimi hamda hushyorxona faoliyati bilan tanishdi.

Quvasoy shahrida tungi xizmatning tashkil etilishi, navbatchilik qismi hamda tergov-tezkor guruhi faoliyati koʻzdan kechirildi.

Margʻilon shahridagi ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilik bilan hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Toshloq tumanidagi oʻrganishlarda xodimlarning maxsus vositalar bilan ta’minlanganligi, ulardan foydalanish boʻyicha amaliy koʻnikmalariga baho berildi. 

Viloyatda jinoyatlarni “mahallabay” jilovlash, tungi vaqtlarda profilaktik ishlarni mavjud kuch vositalardan samarali foydalangan holda ish tashkil etish, bajarilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni muhokama etib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgani oʻtkazilayotgan tadbirlar ta’sirchanligini va sifatini yanada oshirmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech