22 Yanvar 2024 yil 15204

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov boshqarma binosida fuqarolar uchun qabul o‘tkazdi  

Boshqarma rahbariyati tomonidan "Inson qadri hamma narsadan ustun" tamoyili asosida fuqarolarning murojaatlarini o‘z  vaqtida, samarali hal etishga doir keng ko‘lamli chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

Qabulda 40 ta turli mazmundagi murojaatlar qabul qilinib,  ko‘tarilgan masalalarning 9 tasi joyida ijobiy hal qilindi, 5 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, 26 ta murojaatni o‘rganish qo‘shimcha vaqt talab etganligi sababli tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zarur ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech