24 Fevral 2020 yil 1221

Fargʼona viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan olis hududlarda istiqomat qilayotgan fuqarolarga sifatli hamda manzilli xizmat koʼrsatish tizimli ravishda olib borilmoqda.

Fargʼona tumanining Shoximardon qishlogʼi “anklav” hudud hisoblangani uchun, bu yerda istiqomat qilayotgan olti ming nafarga yaqin fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olishlari uchun qoʼshni Qirgʼiziston Respublikasi hududi orqali 25 kilometrdan oshiqroq masofa yoʼlni bosib, Fargʼona tumani Ichki ishlar boʼlimi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlinmasiga murojaat etishlariga majbur boʼlayotgan edilar. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga koʼra 2021 yildan MDHga aʼzo davlatlarga chiqish faqat xorijga chiqish biometrik pasporti bilan amalga oshirilishini inobatga olib, endilikda u yerda yashayotgan fuqarolarga sifatli hamda manzilli xizmat koʼrsatib qulaylik yaratish va ularni ortiqcha sarson boʼlib, ovoragarchiliklarini oldini olish maqsadida hozirda Shoximardon qishlogʼida xorijga chiqish biometrik pasporti maʼlumotlar yigʼish punkitini ishga tushirish boʼyicha zamonaviy texnik uskunalar oʼrnatilmoqda.
Ushbu punkt tez kunlarda Shoximardon qishlogʼi fuqarolariga muntazam ravishda sifatli xizmat koʼrsatishni boshlaydi.


Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech