8 Noyabr 2023 yil 1622

Fargʻona viloyati IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasida muhokama yigʻilishi oʻtkazildi

Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati rahbari, podpolkovnik Farruh Usarov huzurida oʻtkazilgan yigʻilishda Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan 2023-yilning oʻtgan 10 oyi davomida yoʻl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida viloyat hududida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan e’tirozlar bildirilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab berildi. Xususan haydovchi va piyodalar oʻrtasida targʻibot ishlarini kuchaytirish borasida yoʻl transport hodisalarini oldini olishni aks ettiruvchi bannerlarni avtobuslarga ilish, yoʻllardagi katta xajmdagi monitorlarda qisqa videoroliklar namoyish etish, mahallalar va jamoat joylarida fuqarolarga tushuntirish ishlarini olib borish, yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, qonunbuzar haydovchilarga choralar koʻrish ishlarini kuchaytirish hamda  “Yoʻl harakati ishtirokchilarining madaniyati oyligi”ni  samarali oʻtkazish boʻyicha topshiriqlar berildi.   

Fargʻona viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati

Text to speech