15 Yanvar 2025 yil 1752

Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB xodimlari "Ma’naviyat marshruti" tashrifi loyihasi doirasida Farg‘ona viloyati madaniyati va tarixi davlat muzeyiga sayohat qildi

Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari va oila a’zolarining madaniy hordiq olishlarini ta’minlash, turistik sayohatlar, teatr va muzeylarga borishlarini tashkillash maqsadida Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga "Ma’naviyat marshruti" tashrifi loyihasi o‘tkazildi.

Tashrif davomida xodimlar Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyatiga oid qadimiy buyumlar va tarixiy ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech