21 Fevral 2024 yil 2506

Farg‘ona viloyati IIB JXX JTSB PPX bataloni shaxsiy tarkibi bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi 

Farg‘ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati Saf bo‘linmalari xodimlariga viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiber xavfsizlik bo‘limi katta mutaxassisi tomonidan kiber jinoyatchilik mavzusida o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda yashirin mayning faoliyati, anonim kripto-aktivlar mayningi, ro‘yxatga olingan paytda ko‘rsatilgan manzilga mos kelmaydigan manzilda mayning, ruxsatnomasiz mayning taqiqlanishi yuzasidan tushunchalar berilib, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2023 yil 20 sentabr kunidagi "Mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 68-son buyrug‘i O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023 yil 29 sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 155 prim 4-moddasi 155-moddasi prim 

5–moddasi, 278-moddasi prim 8-moddasi 278-moddasi prim 9-moddalarida ham javobgarlik belgilanganligi, Mayning faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib, energiya resurslarini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zatilishiga hamda 

8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazo tayinlanishi mumkinligi tushuntirildi. 

Shuningdek kriptovalyuta savdosi bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanish Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va 190-moddasi (Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi yuzasidan tushuntirildi.

Mashg‘ulot davomida xodimlarga internet tarmoqlarining telegram kanallaridan kelgan yangi botlarni, elektron dasturlarni yuklab olmaslik, telegram tarmoqlari orqali kelgan so‘rovnomalarga ishonib o‘zi hamda yaqinlarining telefon kontaktlariga bilmagan holda ulanib qolishi kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari tushuntirildi. 

Internet tarmoqlari orqali o‘ynaladigan qimor o‘yinlarining salbiy ko‘rinishlari, unga ko‘ra dasturlar ikki yoki uch marta yutqazib, bir marta yutishga imkoniyat berishi, so‘ngra ushbu o‘yinlar faqatgini mag‘lubiyat olib kelishini aytib o‘tdi. Ushbu o‘yinlarda pul yutuqlari yutib olgan fuqaro yutug‘ini olish uchun o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini beixtiyor internet tarmog‘iga yuklashi, o‘zining nomida bo‘lgan plastik karta raqamlarini kiritishi, buning natijasida plastik kartadan noma’lum shaxslar tomonidan pul mablag‘larini o‘zlashtirilishiga katta imkoniyat berib kelinayotganligi tushuntirildi.

Shuningdek Farg‘ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati bataloni xodimlariga viloyat IIB Tergov boshqarmasi katta tergovchisi tomonidan o‘quv mashg‘ulot o‘tkazilib, O‘zbekiston Respubikasi Jinoyat Kodeksining Oltinchi “Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar” bo‘limining XVII bobidagi 18 ta moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda Jinoyat Kodeksi bilan belgilangan javobgarlik yuzasidan tushuntirilib, xodimlarga kerakli ko‘nikmalar berildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech