16 Oktyabr 2024 yil 696

Viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati IIB HPB boshlig‘i o‘rinbosari hamda mas’ul rahbarlar ishtirokida  Zoom yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi

Unda boshqarmaning tuman va shahar bo‘limlari tomonidan ayollar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik kabi salbiy holatlarini oldini olish,  unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini susaytirmaslik, bu jarayonga  keng jamoatchilikni jalb etish kabi masalalar yechimi tahliliy misollar asosida keltirib o‘tildi.

Yig‘ilishda shuningdek, jamiyatda xotin-qizlarning faolligini oshirish , iqtidorli qizlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan "Yil ayoli" va Zulfiyaxonim davlat mukofotiga tanlovlarining hududiy bosqichlarini namunali tarzda o‘tkazish borasida ham kerakli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida ko‘rilgan masalalar yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Farona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech