20 Mart 2025 yil 1512

Farg‘ona tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha tadbirlar tashkil qilindi

Xususan tuman IIB hamda prokurori tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, jinoyatchiliklar va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar belgilab olindi.

“Vodil” mahallasida mutasaddi rahbarlar tomonidan jinoyatchilik ahvoli o‘rganildi. Muqaddam jinoyat sodir etgan shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Notinch oilalardagi muammolar mahalla yettiligi ishtirokida joyida muhokama qilindi. Hududlarni raqamlashtirish xolati tahlil qilindi. Aholi honadonlarini qo‘riqlash pultiga ulashning afzalliklari targ‘ib qilindi.

Prezidentimizning 1-son qaroridan kelib chiqadigan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha yettilik bilan oldindagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech