23 Oktyabr 2025 yil 329

Farg‘ona tumani IIB boshlig‘i sayyor qabul o‘tkazdi

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyat bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish, ularning Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Murodjon Qunduzov tomonidan qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida 16 nafar fuqarolardan turli masalalarda 18 murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 3 tasi joyida  ijobiy hal etildi.

Shuningdek, Probatsiya hisobida turuvchi 4 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib huquqiy tushunchalar berilib, qolgan 11 ta murojaat bo‘yicha kompleks o‘rganish talab etilishi tufayli ijrosini nazoratga olish va yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga alohida vazifalar yuklatildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech