11 Aprel 2025 yil 1142

Davlatimiz rahbarining "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida" qarori asosida Farg‘ona shahrida tizimli ishlar olib borilmoqda

Farg‘ona viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari, shahar prokurori hamda shahar IIB boshlig‘i tomonidan Farg‘ona shahar IIB Probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammolari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida uy joy, moddiy yordam, ishga joylash, subsidiya, imtiyozli kredit olish va huquqiy masalalar bo‘yicha 25 ga yaqin murojaatlar ro‘yxatga olindi. Shundan, 13 dan ziyod murojaatlar shu joyning o‘zida ijobiy hal qilingan bo‘lsa, o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab etadigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha belgilangan tartibda o‘rganib chiqish va natijasi bo‘yicha murojaatchilarga ma’lum qilinadigan bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech