16 Avgust 2025 yil 72

Viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov Farg‘ona shahridagi mahallalarda o‘rganishlar olib bordi

Viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov Farg‘ona shahridagi murakkab, og‘ir mahallalar tarkibiga kiruvchi “Shakarqishloq”, “Ma’rifat”, “Ilg‘or”, “Yoshlar” kabi mahalla fuqarolar yig‘inlariga borib, mas’ullar ishtirokida o‘rganishlar olib bordi.

O‘rganish jarayonida Davlatimiz rahbarining joriy yil 3 yanvar kunidagi 1-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, mazkur hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklar salmog‘ini kamaytirish hamda  raqamlashtirish holatiga jiddiy e’tibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklar tanqidiy  tahlil qilinib, ularni bartaraf etish uchun mutasaddi rahbarlar va yettilik a’zolari oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.

O‘rganishlar hududlarda davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech