7 Sentyabr 2023 yil 7193

Fargʻona shahrida “Mahallabay” tezkor-profilaktik tadbirlari oldidan tashkil etilayotgan yoʻriqnomalar bevosita jamoat joyida, aholi ishtirokida oʻtkazildi

Fargʻona viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya  hamda davlat soliq boshqarmalari tomonidan Fargʻona shahrida jinoyat  va huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatlarni “Mahallabay” jilovlash borasidagi tadbirlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisidagi qoʻshma qaror ijrosini ta’minlash  maqsadida “Xavfsiz shahar”  tezkor-profilaktik tadbirlarga kirishildi. 

Yoʻriqnoma jarayonida, tadbirdan koʻzlangan maqsad, “Mahallabay”, “Xonadonbay” oʻrganish orqali  jinoyatlarning kelib chiqish sabab va sharoitlarini tahlil qilish, mahalla beshligining uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali hududlarda jinoyatlarni oldini olib, aholi farovonligini ta’minlash  ekanligi e’tirof etildi.

Qoʻshma qaror asosida ishchi guruh tuzilib, chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Endilikda, shahar hududida “qizil” toifaga kiruvchi kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarda jinoyatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida keskin chora-tadbirlar koʻriladi. 

Shu bilan bir vaqtda, “qizil” toifadagi mahallalarga biriktirilgan mas’ullar mahalla hududining joylashuvi, aholining tarkibi va mentaliteti, ijtimoiy-siyosiy qarashlari va moddiy ahvolini inobatga olgan holda ish koʻradi. 

Barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida hamkorlikning yanada mustahkamlanishi esa, shaharda jinoyat va huquqbuzarliklarga chek qoʻyish, fuqarolar tinchligi va xavfsizligini yuqori bosqichga olib chiqishda oʻz samarasini beradi.

Tadbirlar davom etmoqda. 

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech