11 Fevral 2020 yil 839

Fargʼonali yigit qimmatbaho yutuqli oʼyin tirajida “Nexia-3” va “Spark” rusumli avtomashinasini yutib berishni vaʼda qilib, fuqarodan 6 500 АQSh dollarini olib oʼz extiyoji uchun sarflab yuborgan

2020 yil 10 yanvarь kuni, Fargʼonada yashovchi, 31 yoshli P.Yu. ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil avgust oyida, tanishi Fargʼona shaxarda yashovchi, 36 yoshli А.N. uni ishonchiga kirib, “Dekstra Farm” dori-darmon firmasi tomonidan 2019 yil 30 avgust kuni oʼtkazilishi rejalashtirilgan qimmatbaho yutuqli uyin tirajida “Nexia-3” va “Spark” rusumli avtomashinasini yutib berishni vaʼda qilib, undan 6 500 АQSh dollarini olib, shu kunga qadar pullarini qaytarib bermay kelayotganligini maʼlum qilgan. Fargʼona shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan holat yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech