12 Fevral 2020 yil 774

Fargʼonada noqonuniy nikoh oʼqigan “Domla” profilaktika inspektoriga pora taklif qildi.

Joriy yilning 30 yanvarь kuni Fargʼona tumani, Oʼrtaqishloq qishlogʼida yashovchi, 55 yoshli fuqaro S.M. Quvasoy shaharda yashovchi, 66 yoshli fuqaro M.M. hamda 29 yoshli fuqaro Yu.G.larga noqonuniy ravishda sharʼiy nikoh oʼqiydi.
Mazkur xolat Quvasoy shahar IIB profilaktika inspektori tomonidan aniqlanib,tegishli tartibda hujjatlarni rasmiylashtiriladi. Аyni jarayonida, fuqaro S.M. unga nisbatan qonuniy chora koʼrmaslik hamda toʼplangan hujjatlarni sudga taqdim etmaslik evaziga inspektoriga 1.000.000 soʼm miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qiladi.
Profilaktika inspektorining viloyat IIB boshligʼi nomiga bildirgisi asosida 12 fevralь kuni Oʼzbekiston Respublikasi IIV OʼXB Fargʼona viloyati boʼyicha boʼlimi, viloyati IIB JQB va IJQKD Quvasoy shahar boʼlimi bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro S.M, profilaktika inspektorining xizmat xonasida unga 1.000.000 soʼm miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan IJQKD Fargʼona viloyati Quvasoy shahar boʼlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech