6 Yanvar 2024 yil 3293

“Farg‘ona-Chimyon” avtomobil yo‘lidagi yana bir chorrahaga svetofor qurilmasi o‘rnatildi

Avtomobil yo‘llari kesishmasida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida Farg‘ona tumani hududidan o‘tgan 4R-146 “Farg‘ona-Chimyon”  va 4K-849 “Satkak-Oqbilol-Novkent”  yo‘llari kesishgan chorrahaga svetofor qurilmasi va yoritish chiroqlari o‘rnatildi.

To‘liq ishga tushirilgan mazkur qurilma, yo‘l harakati bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olishga xizmat qiladi.

Shuningdek, hududdagi daraxtlar butalib, ko‘rish darajasi oshirildi va chorrahani kengaytirish ishlari olib borildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech