18 Fevral 2020 yil 754

Fahriylar hamisha eʼtiborda.

Inson qaysiki sohada mehnat qilmasin, halol va jonkuyar boʼlsa, hamisha atrofdagilar va shogirdlarining hurmatiga sazovor boʼladi.
Ichki ishlar fahriysi isteʼfodagi podpolkovnik Tavakkaljon Rahmatullaev ham ana shunday insonlardan biri. 17 fevralь sanasida 60 yoshni qarshi olgan bu inson 22 yildan ziyod Fargʼona viloyati IIBda samarali mehnat qildi. Oʼzidan boy tajriba, kasbiga sodiq shogirdlarni tarbiyalab qoldirdi.
Viloyat IIB rahbariyati Tavakkaljon Rahmatullaev yashayotgan xonadonda boʼlishib, uni tavallud ayyomi bilan muborakbod etdilar. Bir piyola choy ustida dildan suhbat qurililib, xizmat faoliyatidagi esda qolarli shirin xotiralar eslandi.
– Men, halqimiz tinchligi, osoyishtaligini saqlovchi inson sifatida Ichki ishlar organlarida xizmat qilganimdan fahrlanaman deydi,u.
Darhaqiqat, ezgu amal, ezgu ish, hech qachon esdan chiqmaydi. Kelajak avlodga ibrat boʼladi.
Joylarda bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

                                                                   Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech