27 Dekabr 2024 yil
2438
Xodimlar «Erkin Vohidov memorial muzeyi»ga tashrif buyurishdi
28-dekabr - O‘zbek shoiri, dramaturgi, adabiy tarjimoni Erkin Vohidovning tavallud topgan kun.
Shu munosabat bilan “Ma’naviyat marshruti” loyihasi doirasida Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan jami 20 nafar xodimlar Marg‘ilon shahrida joylashgan «Erkin Vohidov memorial muzeyi»ga tashrif buyurildi. Tadbir davomida xodimlar adibning bosib o‘tgan hayot yo‘llari hamda yorqin ijodi bilan yaqindan tanishdilar.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati