3 Sentyabr 2023 yil 6076

EʻLON!

Fargʻona va Qoʻqon shahar ichki ishlar organlari tarkibidagi profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchisi lavozimlariga Fargʻona va Qoʻqon shahrida doimiy roʻyxatda turuvchi, oliy ma’lumotga ega, yoshi oʻn sakkizdan kichik va yigirma yettidan katta boʻlmagan hamda sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.

Nomzodlarning boʻyi 165 sm.dan past boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni oʻtagan erkaklar qatnashishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar 2023-yilning 4-sentabr kunidan 15-sentabr kuniga qadar Fargʻona va Qoʻqon shahar IIB Kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga murojaat etishlari lozim.

Nomzodlar oʻzlari bilan “fuqarolik pasporti”, “harbiy guvoxnomasi”, diplom va ilovasini aslini olib kelishlari shart.

Murojaat uchun telefon: Fargʻona shahar 73-244-31-11.

Qoʻqon shahar     73-542-31-81.

Fargʻona viloyati IIB ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati

Text to speech