9 May 2022 yil 9464

FARG‘ONA VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI ICHKI ISHLAR ORGANLARI XIZMATIGA NOMZODLAR TANLOVINI E'LON QILADI


Ichki ishlar organlari tarkibidagi Patrul'-post xizmatining safdorlik lavozimlariga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda, Farg‘ona viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi, yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI AKADEMIK LISEYLARI, HARBIY-AKADEMIK LISEYLAR BITIRUVCHILARI, PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING YORDAMChILARI, SHUNINGDEK, OLIY MA'LUMOTGA EGA YOKI SIRTQI TA'LIM SHAKLIDA TAHSIL OLAYOTGAN, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Bunda, bo‘yi 170 sm.dan past bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o‘tagan erkaklar hamda bo‘yi
165 sm.dan past bo‘lmagan ayollar qatnashishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar
2022 yilning 10 may kunidan 20 may kuniga qadar, Farg‘ona viloyati IIB Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmatiga murojaat etishlari lozim.
Nomzodlar o‘zlari bilan “biometrik pasporti yoki identifikasiya ID-kartasi” (nusxasi bilan), “harbiy va haydovchilik guvohnomalari”, diplomlarini hamda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yhatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma'lumotnoma (bo‘yining balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda) olib kelishlari talab etiladi.

Murojaat uchun telefon: 73-244-15-56.

FARG‘ONA VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR VA KADRLAR BILAN TA'MINLASH XIZMATI

Text to speech