Quvasoy shahrida “Dolzarb 90 kunlik” doirasida voyaga yetmagan o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi
Ma’lumki,
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “og‘ir”
toifadagi yoshlar ichki ishlar organlari rahbarlariga biriktirgan bo‘lib, yosh avlodni
Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlariga
hurmat g‘oyasi atrofida birlashtirish maqsadida joylarda turli tadbirlar va uchrashuvlar
o‘tkazilmoqda.
Quvasoy shahar IIB boshlig‘i,
shahar hokimi o‘rinbosari, ta’lim tizimiga mas’ul rahbarlar va “og‘ir” toifadagi
yoshlar ishtirokda tashkil etilgan uchrashuvda ham ana shu masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Maktablarda tashkil etilgan
kunduzgi oromgohlarda vatanparvarlik tadbirlari va sport musobaqalarini muntazam
tashkil etish, bunday tadbirlarga, ayniqsa, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga
moyil bo‘lgan o‘quvchilarni jalb etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Yangi o‘quv yili boshlanguniga
qadar maktablardagi 8-9-10-11-sinf honalariga
yuzdan tanib olish imkoniyatiga esa Face-ID kameralarini o‘rnatish bo‘yicha topshiriqlar
berildi.
Farg‘ona viloyat IIB Axborot
xizmati