30 Aprel 2025 yil
109
Farg‘ona shahrida "Davomat" tadbiri o‘tkazildi
Viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik F.Usarov tomonidan Farg‘ona shahridagi 27-sonli maktabida o‘quvchilar bilan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan "Davomat" tadbiri o‘tkazildi.
Maktabning 8-11 sinf o‘quvchilari bilan profilaktik suhbatlar olib borildi. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarining oldini olish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan muhim amaliy qadamlar ishga solindi.
Bu kabi tadbirlar yoshlar orasida huquqiy madaniyatni shakllantirish, ularda jinoyat va huquqbuzarliklardan hushyorlikni ta’minlashga yordam beradi.
Maqsad esa, yoshlar uchun xavfsiz va sog‘lom jamiyat yaratish.
Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati