2 Noyabr 2023 yil 1048

Qo‘qon shahrida “Davomat”, “O‘smir” hamda “Tig‘” tadbirlari  o‘tkazilmoqda

Qo‘qon shahar IIB JXX HPB VEMB tomonidan  “Davomat”, “O‘smir” hamda “Tig‘” tadbirlari samarali o‘tkazilmoqda. Shu maqsadda 15 nafar IIB xodimlaridan  iborat 4 ta ishchi guruhga shakllantirilgan.


Tadbirlar asosan shahardagi mavjud  bozorlarga, maktablarda tashkil etilyapti. Aniqlangan voyaga yetmaganlarning shaxsiga oydinlik kiritish maqsadida filtr guruhlari  ham faoliyat olib bormoqda
O‘tkazilgan tadbirning dastlabki bir kunida Qo‘qon shahar dehqon bozoriga jalb etilgan xodimlar tomonidan o‘qish va dars mashg‘ulotlariga qatnashmasdan turli savdo-sotiq ishlari hamda maqsadsiz yurgan 125 nafar voyaga yetmaganlar aniqlandi.

Aniqlangan  31 nafar yoshlarning ota-onasi yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, tilxat asosida topshirildi.

Shuningdek, shahardagi 4, 19, 5, 37, 9, 44, 43 hamda 21-sonli umumta’lim maktablarida “Davomat”  hamda “Tig‘” tadbiri tashkil etildi/

Mazkur jarayonda 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisining yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, o‘tkir tig‘li pichoq borligi aniqlanib, uning ota-onasiga nisbatan  ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 
Jinoyat  sodir qilishga moyilligi borligi hamda muqaddam huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmaganlar bilan profilaktik suhbat olib borilib, rasmiy ogohlantirildi.

Tadbir uyushqoqlikda davom ettirilmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

 

 

 

 

 

Text to speech