Dang‘ara tumani hududida tungi profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
Dang‘ara tumani hududida tungi vaqtda tezkor-kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tadbirlarga tuman IIB, YHXG va PPX, huquqni muxofaza qiluvchi organlar hamda jamoatchilik vakillari jalb qilindi.
Tungi xizmatga biriktirilgan xodimlar bilan yo‘riqnoma o‘tkazilib, savdo do‘konlarini o‘z vaqtida yopilishini ta’minlash, IIB hisobida turgan shaxslarning cheklovlarga amal qilayotganligini, shuningdek, korxona, tashkilot va muassasalardagi tungi navbatchiliklarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida jami 14 ta ob’ektlar, ya’ni, 11 ta umumiy ovqatlanish shaxobchalari, 10 ta korxona, tashkilot va muassasalardagi tungi navbatchilik ahvoli tekshirildi.
Probatsiya guruhi hisobida turuvchi ozodlikdan cheklash jazosini o‘tayotgan mahkumlarning yashash xonadonlari o‘rganildi.
Bundan tashqari, tungi paytda bemaqsad yurgan fuqarolar bilan xushyorlik va sinchkovlik bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati