Dang‘ara tumani hududida o‘tkazilgan tungi tadbirlar
Tumanda huquqbuzarliklarni
barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurash, sodir etilgan jinoyatlarni
issiq izidan fosh etish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l
harakati xavfsizligini ta’minlash va jazo muqarrarligini ta’minlash borasida tuman
IIB xodimlariga rahbariyat tomonidan xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.
Tungi tadbirda
25 ta ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlanib choralar ko‘rildi.30 nafar toifadagi shaxslar
tekshirildi.
Tuman hududida
joylashgan choyxona, oshxona, tungi kafe va barlar, baliqxonalar, spirtli maxsulotlar
bilan savdo qiluvchi do‘konlarini belgilangan vaqtida xizmat faoliyatini to‘xtatilishi
ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratildi.
Probatsiya xizmati
xodimlari tomonidan nazoratda turib, ozodlikni
cheklash jazosini o‘tayotgan 10 nafar shaxslar tekshirilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Yo‘l harakat xavfsizligi bo‘yicha 10 ta huquqbuzarliklar aniqlandi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati