17 Fevral 2024 yil 1240

Dang‘ara tumanida tungi xizmat tashkil etilib, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda hududlarda bir qator tadbirlar amalga oshirildi

Dang‘ara tumanida tungi xizmat tashkil etilib, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda hududlarda bir qator tadbirlar amalga oshirildi

Dang‘ara tumani hududida o‘tkazilgan “Tun” maxsus tadbiri davomida MJTKning 187-moddasi 21 ta, MJTKning 183-moddasi 3 ta huquqbuzarlarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Bundan tashqari, YHX sohasi bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar 17 ta bo‘lib, shundan jarima maydoniga olib kirilganlar 6 ta, qayta jihozlash 2 ta, boshqa qoidabuzarliklar 15 ta .

Tadbir davomida Probatsiya hisobida turgan mahkumlar tekshirildi va tadbir davomida ko‘ngil ochar joylar, savdo shaxobchalari hamda oshxona va choyxonalar berkitish choralari ko‘rildi.

Shuningdek jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilib mayda bezorilik qilib yurgan fuqarolar tuman markazida tashkil etilgan xushyorxonaga joylashtirilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari korxona tashkilot qorovullari tekshirilib ularni hushyorlikka chaqirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech